Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 29-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV BINO QURILISHI LOYIHASI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA YO‘L INFRASTRUKTURASI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborida
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 6-“Sarbon” saylov okrugidan saylangan deputati Xabibulla Akilov Mirzo Ulug‘bek tumani “Iqtidor” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda aholi murojaatlari yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda XDP M.Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Shahzoda Kurbanova, M.Ulug‘bek tumani adliya bo‘limi yuridik markazi boshlig‘i Ra’no Asamova, “Iqtidor” MFY raisi Klara Djurabekova, tuman Kengashi deputatlari G. Axmedova va Sh. Kurbanova, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla faollari va saylovchilar ishtirok etdi.

📊 Deputat axborotida qayd etilganidek, 2026-yilning uchinchi choragida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan qarorlar qabul qilingan. Deputat Kengash sessiyalaridagi ishtiroki, saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar va deputatlik so‘rovlari natijalari haqida ma’lumot berdi.

📋 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va uy-joy infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.

🔺 Humoyun mahallasida 7 ta ko‘p kvartirali uyning 720 kvadrat metr tom qismi ta’mirlandi. Shuningdek, 10 ta ko‘p kvartirali uyning 22 ta kirish yo‘lagidagi liftlar joriy ta’mirdan chiqarildi.

🔺 Ahmad Yugnakiy mahallasida 5 ta ko‘p kvartirali uyning 20 ta kirish yo‘lagi, 2 ta uyning yerto‘lasi hamda 7 ta uy atrofidagi 960 kvadrat metr piyodalar yo‘lakchasi ta’mirlandi.

🔺 Jasorat mahallasida 10 ta ko‘p kvartirali uyning 31 ta kirish yo‘lagi ta’mirlandi.

🔺 Geofizika mahallasida 8 ta ko‘p kvartirali uyning 24 ta kirish eshigi, Al-Forobiy mahallasida esa 8 ta uyning 33 ta kirish eshigi yangilandi. Al-Forobiydagi 2 ta ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida ham ta’mirlash ishlari bajarildi.

♻️Mahallalarda obodonlashtirish ishlari doirasida ham muayyan natijalarga erishildi. Jumladan, Alisherobod mahallasidan 1 348 tonna, Chingeldi mahallasidan 1 290 tonna, Ahmad Yugnakiy mahallasidan 1 200 tonna, Al-Forobiy mahallasidan 1 050 tonna, Beshkapa mahallasidan 1 030 tonna chiqindi olib chiqildi. Shuningdek, Geofizika, Geologlar, Gulzorobod, Humoyun, Ijodkor, Iqtidor, Jasorat va Ko‘hna Mevazor mahallalarida ham chiqindilarni olib chiqish ishlari amalga oshirildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur 13 ta mahalladan jami 11 868 tonna chiqindi olib chiqilgan.

💡 Bolalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Humoyun mahallasida 5 ta, Geofizika mahallasida 2 ta va Jasorat mahallasida 3 ta, jami 10 ta bolalar maydonchasi joriy ta’mirlandi.

📨 Uchrashuvda Alisherobod mahallasidagi muammolarni bartaraf etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Deputatning 2026-yil ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Toshkent shahar hokimi nomiga deputatlik so‘rovi yuborilgani hamda tegishli ishlar boshlanayotgani ma’lum qilindi. Mazkur masalalar ijrosini ta’minlash M.Ulug‘bek tumani hokimining qurilish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga yuklatilgan.

📝 Bundan tashqari, Alisherobod mahallasida sport maydonchasi barpo etish tashabbusi bo‘yicha tegishli hujjatlar Toshkent shahar hokimligining umumlashtiruvchi komissiyasidan o‘tgani, Kengash qarori loyihasi esa 10 kunlik jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani qayd etildi.

📌 Deputat fuqarolarga E-Kengash elektron tizimi orqali deputat qabuliga yozilish yoki murojaat yuborish imkoniyati mavjudligini ham eslatib o‘tdi.

✅Uchrashuv yakunida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratida olib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 10