Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
OBODONLASHTIRISH VA YO‘L INFRASTRUKTURASI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborida
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
#19¹-modda #Ekspert_guruhi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashida ekspert guruhi a’zolarining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, ilgari qabul qilingan Kengash qarorlarining bajarilish holatini tahlil qilish hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

📋 KUN TARTIBIDAGI ASOSIY MASALALAR

⚖️ Qonunchilik hujjatlari ijrosi. Tumanda amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda avval qabul qilingan Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining ijro holati ko‘rib chiqilib, belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

📄 Qaror loyihalarini muhokama qilish. Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan qaror loyihalari har tomonlama ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida loyihalarning mazmuni, qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda amaliy ahamiyati yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, qaror loyihalarini takomillashtirish maqsadida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tavsiyalar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan bildirilgan takliflarni inobatga olish, qaror loyihalarini yanada takomillashtirish hamda ularni sessiya muhokamasiga sifatli tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

Ekspert guruhi faoliyati Kengash qarorlarining puxta ishlab chiqilishi, qonuniyligi va samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1