Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborida
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
#doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi Sanoat zonalari faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi

Termiz shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat salohiyatini oshirish, investitsiyalarni jalb etish hamda aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash iqtisodiy taraqqiyotning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Bu borada sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov shaharda joylashgan Viloyat hokimligining Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida direksiya tomonidan kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish, ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sanoat zonalarining mavjud infratuzilmasi hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sanoat zonalarida yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va ularning iqtisodiy faolligini oshirish borasidagi imkoniyatlar muhokama qilindi.

Sanoat zonalarining samarali faoliyati nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirish, mahalliy budjet tushumlarini oshirish hamda shahar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Shu bois ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va tadbirkorlarning mavjud muammolarini o‘z vaqtida hal etish muhim vazifalardan biridir.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish, iqtisodiy islohotlar ijrosini tahlil qilish hamda hududda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Asosiy maqsad — sanoat zonalarining iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash va Termiz shahrining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish.