Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Yoshlar_maslahat_guruhi
🏛 Yoshlar maslahat guruhi qanday shakllantiriladi?


Yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida Yoshlar maslahat guruhi shakllantiriladi.

👥 Guruh tarkibiga kimlar kirishi mumkin?
Yoshlar maslahat guruhi 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasidan gender tenglikni inobatga olgan holda tegishli mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari tomonidan shakllantiriladi.
Jumladan:
🔹 Mahallalardagi yoshlar yetakchilari;
🔹 Oliy ta’lim muassasalari talabalari;
🔹 O‘rta maxsus, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari;
🔹 Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va ijobiy natijalarga erishgan yoshlar guruh a’zosi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi hamda siyosiy partiyalarning hududiy bo‘linmalari ham guruh a’zoligiga nomzodlar tavsiya etish huquqiga ega.

📌 Guruhni shakllantirishning asosiy talablari:

✅ Guruh a’zolari soni, qoida tariqasida, tegishli mahalliy Kengash deputatlari sonining 50 foizidan oshmasligi lozim.
✅ Mahalliy Kengash deputatlari bir vaqtning o‘zida Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bo‘la olmaydi.
✅ Guruh rahbari va kotibi birinchi tashkiliy yig‘ilishda doimiy komissiya tavsiyasiga ko‘ra, a’zolar tomonidan ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
✅ Guruh a’zolari haqidagi ma’lumotlar mahalliy Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi mumkin.

🌟 Yoshlar maslahat guruhi yoshlarning fikr va takliflarini ilgari surish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarni rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirok etishlari uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Yoshlar faolligi — yurt taraqqiyotining muhim omili!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1