Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI: QONUNLARNI O‘RGANISH VA IJROSINI TA’MINLASH
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro xonadoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro G.Ashurmatova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti, mavjud ehtiyojlari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bilan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro istiqomat qilayotgan xonadon ta’mirtalab holatda. Uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida uni ta’mirlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayon oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan.

Shuningdek, oila “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Jumladan, vaucher asosida oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish davomida oilaning mavjud ehtiyojlariga e’tibor qaratilib, uy-joyni ta’mirlash bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlash jarayoni hamda ijtimoiy yordam masalalari bilan tanishildi. Bunday o‘rganishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holatini joyida o‘rganish va ularni manzilli qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6