Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
Хotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Abdujamilovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning mavjud muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

🔻Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 200 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ularning muammolarini bosqichma-bosqich hal etish va turmush sharoitini yaxshilash maqsadida tegishli ishlar davom ettirilmoqda. Jumladan, 50 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlash, 1 nafar ayolning uy-joyini ta’mirlash hamda yana 1 nafar ayolning sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishlardagi ishlar xotin-qizlarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning hayotida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish va munosib turmush kechirishi uchun zarur ko‘makni tashkil etishga qaratilgan.

🔻O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan har bir murojaat va ehtiyojga individual yondashish, belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilib borish hamda ko‘makka muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash muhimligi qayd etildi. Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash va ijtimoiy muammolarini hal etish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 2