Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
Mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat – tuman hokimi J.Axmedov tomonidan tumanning “Uyenkulsay” mahallasida mahalla idorasining qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish, foydalanilayotgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligiga e’tibor qaratish hamda belgilangan ishlarni puxta yakunlash muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, binodagi ichki xonalarning qulayligi, tozaligi va foydalanish uchun mos holatga keltirilishi aholi bilan ishlash samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

🔵Mahalla fuqarolar yig‘ini binosining ta’mirlanishi nafaqat uning tashqi qiyofasini yaxshilash, balki mahalla tizimi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ham xizmat qiladi. Shu bois qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida, sifatli va puxta bajarishga alohida e’tibor qaratish zarur.

🔵Yakunda binoda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va bajarilish holatini kuzatib borish, obyektni foydalanishga tayyorlashda mavjud talablarga rioya etish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3