Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 29-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV BINO QURILISHI LOYIHASI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA YO‘L INFRASTRUKTURASI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborida
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustam Kalonov, shahar prokuraturasi, IIBB va boshqa tashkilotlar mutasaddilari, tuman hokimligi jamoasi, nuroniylar hamda MFY yettiliklari vakillari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Shu vaqtga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Saidqahhor Xolxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan Chilonzor tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga shu paytgacha Yangihayot tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Xayot Inogomov Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi.

Sessiyada Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov so‘zga chiqib, Saidqahhor Xolxo‘jayevning tumandagi samarali faoliyatini alohida e’tirof etdi. U tuman aholisi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘ygani, islohotlarni aholi fikri va takliflarini inobatga olgan holda amalga oshirgani hamda tizimli ishlar natijasida Chilonzor barcha sohada respublika tumanlariga namuna bo‘layotganini ta’kidlab, uning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, shahar hokimi yangi tayinlangan rahbar Xayot Inogomovni ham tabriklab, uning Chilonzordagi ishlariga zafarlar yor bo‘lishini tiladi.

Tadbir davomida tuman faollari va nuroniylari ham so‘zga chiqib, ushbu o‘zgarishlar borasida o‘z mulohazalarini bildirishdi. Shundan so‘ng Saidqahhor Xolxo‘jayev so‘z olib, tumandagi faoliyati davomida ko‘rsatgan hamjihatligi uchun Chilonzor ahliga, mas’uliyat bilan ishlagan hokimlik va tashkilotlar xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda yangi hokim Xayot Inogomovga omad tiladi.

Tadbir yakunida Saidqahhor Xolxo‘jayevga Toshkent shahar hokimi tomonidan an’anaviy to‘n va do‘ppi kiygizilib, gullar taqdim etildi. 

Slide 1 of 4