Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O'RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida bo‘lim bosh mutaxassislari Mirjalolov Dilshod hamda Yo‘ldoshev Davronjon bilan suhbat o‘tkazilib, boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati samaradorligi, ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining borishi muhokama qilindi.
✅ PARKENT TUMANIDA 169 TA KO‘P QAVATLI UY MAVJUD
📊 Tumandagi 169 ta ko‘p qavatli uyga 4 ta boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatib kelmoqda:
🔹 “XISORAK MANGU QUYOSH BSK” MChJ;
🔹 “PARKENT YOG‘DUSI BSK” MChJ;
🔹 “POLETAEVA KOMMUNAL” MChJ;
🔹 “SFAT KOMUNAL” MChJ.
🔥 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
🌡 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi doirasida ko‘p kvartirali uylarning umumiy foydalanish joylarini ta’mirlash, tom qismlarini sozlash hamda binolarning texnik holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔨 Jumladan, “PARKENT YOG‘DUSI BSK” MChJ tomonidan Istiqlol MFY A. Navoiy ko‘chasidagi 1-, 2- va 3-ko‘p kvartirali uylarning 8 ta kirish yo‘lagini ta’mirlash rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu ishlar yakunlangan.
🛠 “POLETAEVA KOMMUNAL” MChJ tomonidan esa:
▪️ Fayzobod MFY Mustaqillik ko‘chasidagi 61-uy tom qismini ta’mirlash;
▪️ Oydin MFY Poletaeva ko‘chasidagi 46-uyda 4 ta eshikni zamonaviy temir eshiklarga almashtirish;
▪️ Saidota MFY Poletaeva ko‘chasidagi 13-, 14- va 15-uylar hamda tegishli manzillardagi binolarda jami 22 m² framugalarni plastik romlarga almashtirish ishlari belgilangan.
✅ Fayzobod MFY Mustaqillik ko‘chasidagi 61-uy tomini ta’mirlash ishlari ham yakunlangan. Qolgan manzillarda belgilangan ishlar davom ettirilmoqda.
✅ OBODONLASHTIRISH VA AHOLI UCHUN QULAY MUHIT YARATISH
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qaroriga muvofiq, tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Quyosh MFY Quyosh ko‘chasidagi 2-, 3-, 4-, 11-, 14- va 15-ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida:
🔹 300 pogon metr irrigatsiya tarmoqlarini qurish;
🔹 1 000 kvadrat metr yo‘laklarni betonlash ishlari rejalashtirilgan.
🔹 Shuningdek, Oydin MFY Poletaeva ko‘chasidagi 27-ko‘p kvartirali uyning tutash hududida zamonaviy bolalar maydonchasini qurish ko‘zda tutilgan.
🔹 Mazkur loyihalar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, quruvchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.
✅ 2026-YIL DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p kvartirali uylarning texnik holatini yaxshilash, umumiy foydalanish joylarini ta’mirlash va energiya samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi ishlar bajarilgan:
🔹 55 ta uyda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan;
🔹 27 ta uyning kirish yo‘laklari ta’mirlangan;
🔹 2 ta uyning yerto‘la qismidagi muhandislik kommunikatsiyalari ta’mirlangan;
🔹 44 ta uyga jami 276 dona energiya tejamkor sensorli chiroqlar o‘rnatilgan.
📌 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ko‘p qavatli uy-joy fondini qish mavsumiga puxta tayyorlash, boshqaruv servis kompaniyalari mas’uliyatini oshirish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash hamda aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishdan iborat.
✅ Ko‘p kvartirali uylarning saqlanishi, umumiy hududlarning obodligi va kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari deputatlik nazorati doirasida e’tiborda bo‘ladi.

Slide 1 of 3