🏛 AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI, QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
📌 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 18-«Avlod» saylov okrugidan saylangan deputati F.N.Tursunqulov tomonidan saylov okrugidagi aholi murojaatlari o‘rganildi.
🏫 Shuningdek, deputat «Ochiq budjet» portali orqali 2026 yilning 1-mavsumida g‘olib deb topilgan 8-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi va loyihaning amalga oshirilish holatiga e’tibor qaratildi. Mazkur loyiha maktab o‘quvchilari uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan.
🤝 Deputatlik faoliyati doirasida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda saylovchilar manfaatlarini himoya qilish ishlari davom ettiriladi.