Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov hududidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi kutubxona faoliyati o‘rganildi.
📊 O‘rganish davomida kutubxonaning kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholining, ayniqsa yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🔹Ma’lum qilinishicha, kutubxona fondida 2090 ta badiiy adabiyot hamda 11000 ta kompleks darslik mavjud bo‘lib, bugungi kunda 420 nafar a’zo kutubxona xizmatlaridan muntazam foydalanib kelmoqda.
🔹O‘rganish yakunida kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, kitobxonlar sonini yanada oshirish hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.