Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
130-sonli DMTTning Oshxona foaliyati o‘rganildi
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan Kadastr agentligi Parkent tumani bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 O‘rganish doirasida bo‘lim bosh muhandisi Kuleshov Bobur Raxmatullayevich bilan suhbat o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosining ta’minlanish holati muhokama qilindi.
📌 Xatlov ishlari 20 ta mahallada olib borilgan
🗣 O‘rganish davomida bugungi kunga qadar tumandagi 20 ta mahallada yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilgani ma’lum qilindi.
🗣 Mazkur qonun ijrosini samarali ta’minlash, xatlov ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda.
👨‍👩‍👧‍👦 FUQAROLAR XATLOV JARAYONIDA FAOL ISHTIROK ETISHI MUHIM!
🗣 Xatlov ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlashda fuqarolarning hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Shu bois fuqarolardan quyidagilarga rioya etish so‘raladi:
📌 Kerakli ma’lumotlarni taqdim etish — xatlov o‘tkazayotgan mas’ul xodimlarga to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot berish.
📌 Zarur hujjatlarni tayyorlash — mavjud hujjatlarni mas’ul xodimlarga o‘z vaqtida taqdim etish.
📌 Xatlov jarayonida hamkorlik qilish — kadastr mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ishlar uchun zarur sharoit yaratish.
📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish — ma’lumotlardagi xato va yetishmovchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish.
📌 Belgilangan muddatlarga rioya qilish — xatlovni yakunlash uchun talab etiladigan ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazish.
‼️ MUHIM ESLATMA! Kadastr muhandislari xatlov o‘tkazish uchun xonadoningizga tashrif buyurganida, uyda bo‘lishingiz hamda zarur ma’lumot va hujjatlarni taqdim etishda ko‘maklashishingiz so‘raladi.
⚠️ Xatlov ishlarini yakunlash — ustuvor vazifa
Ma’lum qilinishicha, xatlov ishlarini 2028-yil 1-yanvarga qadar yakunlash maqsadida hozirgi vaqtda shartnoma asosida qo‘shimcha xodimlarni jalb etish choralari ko‘rilmoqda.
⚖️ Shaffoflik va xolislik — asosiy tamoyil
O‘rganish davomida O‘RQ-937-son Qonun talablari asosida xatlov ishlarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaviy omillarga yo‘l qo‘yilmagani, ishlar belgilangan tartib-qoidalar, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida olib borilayotgani haqida ma’lumot berildi.
👌 Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — qonun ijrosini ta’minlash holatini tahlil qilish, mavjud masalalarni aniqlash, xatlov ishlarining samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda e’tirof etish jarayoniga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 2