Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI: HAFTALIK ISH REJASI IJROSI VA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

#haftalik_dayjest #ish_rejasi_ijrosi #poytaxtdeputatlari

❗️ XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI: HAFTALIK ISH REJASI IJROSI VA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

🗓 2026-yil 5–11-oktabr

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida deputatlar tomonidan poytaxtimizning turli hududlarida o‘rganishlar, deputatlik nazorati tadbirlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda mutasaddi tashkilotlar faoliyatini tahlil qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.

🔺 5-oktabr — Madaniyat sohasi. Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi faoliyati yuzasidan sessiyaoldi o‘rganishlari olib borildi. Xususan, Respublika “Hunarmand” uyushmasi faoliyati, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, nomoddiy madaniy merosni asrash va targ‘ib etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

🔺 6-oktabr — 32-Ko‘kcha saylov okrugi. Haftalik ish rejasiga muvofiq, mahallalardagi dolzarb masalalarni eng muhim 24 ta yo‘nalish asosida o‘rganish, aholi murojaatlarini tinglash hamda mavjud ehtiyojlarni aniqlash vazifalari belgilandi.

🔺 7-oktabr — 48-Behizor saylov okrugi. Mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma, aholining turmush sharoitlari va dolzarb masalalarni o‘rganish, ularning yechimlari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga e’tibor qaratildi.

🔺 8-oktabr — Favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi faoliyati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Ko‘p kvartirali turar joylarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, profilaktika tadbirlari hamda mavjud xavfsizlik choralarining samaradorligi muhokama qilindi.

🔺 9-oktabr — Transport va yo‘l infratuzilmasi. Toshkent shahar Transport boshqarmasi faoliyati, jamoat transporti qatnovlari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati, avtomobil yo‘llarining holati va transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

📊 Hafta davomida Kengashning rasmiy axborot kanalida 66 ta axborot materiali e’lon qilinib, deputatlarning hududiy o‘rganishlari, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari, uchrashuvlari va deputatlik faoliyatiga oid jarayonlar keng yoritildi.

✅ Haftalik ish rejasi ijrosi doirasida amalga oshirilgan o‘rganishlar aholining dolzarb masalalarini aniqlash, mutasaddi tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda mavjud muammolar yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1