Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
130-sonli DMTTning Oshxona foaliyati o‘rganildi
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Aholi bandligini ta’minlash va ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida deputatlar J.Umarov, S.Abduvaliyeva va G. Absatovalar ishtirokida amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida tumanda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ishsiz fuqarolarni hisobga olish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, yaratilgan ish o‘rinlarining barqarorligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan bandlik xizmatlarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Ishchi guruh tomonidan bandlik sohasidagi ishlar samaradorligini baholash maqsadida tegishli hujjatlar, hisobotlar va ma’lumotlar ko‘rib chiqilib, belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi o‘rganildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul xodimlarning tushuntirishlari eshitilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlashda faqat ish o‘rinlarini yaratish bilan cheklanib qolmasdan, fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish, kasbiy salohiyatini oshirish va mehnat bozori talablariga mos kasblarga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, mehnat bozorida qiyinchilikka duch kelayotgan aholi qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni mahallalar kesimida yana-da kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun talablarining tumanda samarali ijrosini ta’minlash, fuqarolarning mehnat qilish va munosib ishga ega bo‘lish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ishsizlik darajasini kamaytirish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yana-da takomillashtirishdan iborat.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan bandlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini izchil davom ettirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligini oshirish muhim vazifalardan biri ekanligi qayd etildi.

Slide 1 of 6