Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_qonun
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Ko‘p qavatli uylarda Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati va PQ-48-son qaror ijrosi tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan boshqaruv xizmatlarining sifatini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.A.Abdimo‘minov hamda Kengash bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

🫥Mazkur monitoring O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori talablari asosida tashkil etildi. Tadbir davomida uylarning umumiy foydalanish qismlari, tom va yerto‘la tarmoqlari sozligi, ko‘chalar obodonchiligi hamda BSKlar tomonidan tariflar asosida amalga oshirilayotgan xizmatlarning amaldagi sifati tahlil qilindi. Aholi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ko‘tarilgan e’tiroz va takliflar inobatga olindi.

🫥O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda boshqaruv servis kompaniyalari mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan soha mutasaddilariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijro jarayoni Kengash nazoratida bo‘lishi belgilab olindi.

Slide 1 of 2