Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

Kambag‘allikdan farovonlik sari: Bandixonda 39 xonadonga amaliy ko‘mak

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida ijtimoiy reyestrda turuvchi 39 nafar fuqaroga subsidiya asosida sug‘orish nasoslari topshirildi.

Mazkur yordamdan asosiy maqsad — suv ta’minoti mavjud bo‘lmagan aholi tomorqalariga suv chiqarish, yerga ekin ekish imkoniyatini yaratish va shu orqali oilalarning qo‘shimcha daromad manbasini shakllantirish.

Zero, tomorqa — nafaqat yer, balki oila farovonligini oshirish uchun katta imkoniyat. Bugun yaratilayotgan sharoit ertaga daromad, bandlik va farovon hayotga xizmat qiladi.

Bandixonda har bir xonadon daromadini oshirish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 1