Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Aholi muammolari o‘rganildi

 Aholi muammolari o‘rganildi

✅ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi raisi, 13-Rabot saylov okrugi deputati B.K.Хaitov o‘z saylov okrugidagi Boshrabot mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar bilan yaqindan tanishdi.

✅ Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, mahalladagi mavjud ijtimoiy va infratuzilmaviy masalalar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Shuningdek, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularning yechimini topish hamda ijrosini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning muammolariga amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5