Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputatlik faoliyati muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi

Deputatlik faoliyati muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev, deputat I. Atabayev, Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov ishtirokida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish hamda kelgusidagi vazifalarni belgilash yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Muhokama davomida mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, 24 talik tavsiyalar asosida hududlardagi muammolarni aniqlash, deputatlik so‘rovlari bilan ishlash hamda ularning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, doimiy komissiyalar faoliyatini yanada kuchaytirish, qonunlar taqsimotidan kelib chiqib tegishli yo‘nalishlarda o‘rganishlar tashkil etish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va deputatlik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Muhokama yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar va ishlar rejasi belgilab olinib, mahallalarda o‘rganishlarni davom ettirish, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni manzilli o‘rganish, deputatlik so‘rovlarining ijrosini nazorat qilish hamda Kengash faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
 

Slide 1 of 2