Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
28-SON MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S. Sadikov tomonidan o‘z saylangan hududi — Xonqa tumani “Yosh kuch” mahallasidagi 28-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

 O‘rganish davomida maktabning mavsumni betalofat o‘tkazishga tayyorgarligi, issiqlik tizimlari, isitish moslamalari, elektr va gaz ta’minoti, deraza va eshiklarning sozligi, shuningdek, o‘quv xonalarida zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

 Shuningdek, kuz-qish mavsumida o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib hamda xavfsiz sharoit yaratish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

 O‘rganish yakunida mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini sifatli va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi. 

Slide 1 of 3