Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#YOSHLAR_MASLAHAT_GURUHI_FAOLIYATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Normurodov Jahongir O‘rol o‘g‘li tashabbusi bilan mahalla hududida giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar va mahalla aholisiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik hamda psixotrop moddalarning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida tushuncha berish, shuningdek, zararli illatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.

Tadbir davomida tashabbuskor yoshlar mahalla aholisi va tengdoshlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirishlar berdi. Ishtirokchilarga mavzuga oid maxsus eslatma va bukletlar tarqatildi.

Muloqotlar davomida har bir yoshning kelajagi, oila farovonligi va yurt tinchligi uchun ogohlik, mas’uliyat va daxldorlik hissi muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Giyohvandlikka qarshi kurashish — sog‘lom avlod va farovon kelajak uchun barchamizning umumiy fuqarolik burchimizdir!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5