Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Jaholatga qarshi ma’rifat — yoshlarni yot g‘oyalardan asrashning muhim omili
#tavsiyalar
#qonun_162
#deputatlik_nazorati

Jaholatga qarshi ma’rifat — yoshlarni yot g‘oyalardan asrashning muhim omili

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan yoshlarni turli yot va zararli g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish, shuningdek, jamiyatda ma’rifat va sog‘lom dunyoqarashni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda sohaga oid mas’ul mutasaddilar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etib, yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ularni turli tahdid va salbiy ta’sirlardan himoya qilish, huquqiy ong va fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalalarida fikr almashdilar.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalashga qaratilgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’rifiy tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3