Ustozlar bilan samimiy suhbat
Turli sohalarda faoliyat olib borayotgan ustozlar bilan mahalliy Kengashlar faoliyati, deputat mas’uliyati va kitobxonlik madaniyati haqida samimiy va mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda quyidagilar ishtirok etdi:
🔹 Bahodir Husanov — Namangan davlat pedagogika instituti rektori, falsafa fanlari doktori, professor, deputat;
🔹 Mahammadikrom Redjabov — Xalq deputatlari Norin tumani Kengashi raisi;
🔹 Rahmonjon Egamberdiyev — Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Malaka oshirish markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), deputat;
🔹 Ravshan Abdullayev — “Yangi O‘zbekiston — yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasi rahbari, deputat;
🔹 Narimon Dehqonov — Namangan davlat universiteti “Yoshlar muammolarini o‘rganish va tahlil qilish markazi” rahbari, siyosiy fanlar doktori, professor, deputat.
Muloqot davomida mahalliy Kengashlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, deputatlarning aholi oldidagi mas’uliyati, yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatda ustozlarning boy tajribasi va hayotiy qarashlari asosida ziyolilar, deputatlar va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.