#Deputat_faoliyatidan
#Haftalik_ish_rejasi
👩🎓 TALABA QIZLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-“Yoshlik-Nurtepa” saylov okrugi deputati N.Himmatova hamda Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida talaba qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida talaba qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash, ta’limdagi faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📚 Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, turli salbiy holatlarning oldini olish hamda muammolarini o‘rganish va ularni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Uchrashuv yakunida talaba qizlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube