📍 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ra’no Shodiyevaga kelib tushgan murojaatni joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqish maqsadida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilshodbek Ibragimov Jarboshi mahallasidagi 67-oilaviy poliklinika filialiga bordi.
🔎 Tashrif davomida tibbiyot muassasasining faoliyati, mavjud sharoitlar hamda xodimlar tomonidan bildirilgan takliflar ko‘rib chiqildi. Jumladan, muassasaning ayrim moddiy-texnik va infratuzilmaviy masalalari yuzasidan amaliy ko‘mak zarurligi bildirildi.
📌 Ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish hamda natijasini nazoratga olish belgilandi.