📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Zuxra Ubaydullayeva tomonidan o‘ziga biriktirilgan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
📍 Tadbirda tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari ishtirok etdi.
❗️Uchrashuv davomida qonunning asosiy normalari, fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlari, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot xodimlarining mas’uliyatiga oid muhim masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, qonun talablarini amaliyotda samarali qo‘llash yuzasidan fikr almashildi.