Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILMOQDA

FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILMOQDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan M. Eshtemirov MFY hududida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Jumladan, fuqarolardan birining kredit masalasidagi murojaati atroflicha o‘rganilib, masalani hal etish yuzasidan mahalladagi hokim yordamchisi bilan birgalikda tushuntirish va maslahat ishlari olib borildi.

Fuqaroga kredit olish shartlari, mavjud imkoniyatlardan foydalanish tartibi hamda murojaatni belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Deputat tomonidan har bir murojaatga manzilli va amaliy yondashish, fuqarolarning muammolarini tinglash hamda ularni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Fuqarolar murojaati — e’tiborda, muammolar yechimi — amalda!

Slide 1 of 2