Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsizlik nazoratda: Deputatlar 182-sonli DMTTda oʻrganish oʻtkazildi
янв.21
8-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 94-SONLI DMTTDA MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlik nazoratida
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLAR — E’ZOZ VA EHTIROMDA
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA TURIZM KO‘CHALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi QK-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-«Bodomtepa» saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna o‘zi saylangan hudud — «Bodomtepa» mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rgandi.
🌀O‘rganishning asosiy e’tibori mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasiga qaratildi. Xususan, ishsiz va bandligi ta’minlanmagan xotin-qizlarni aniqlash, ularni doimiy va daromadli mehnatga jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
🔴 Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning mehnat bozoridagi faolligini oshirish, ularning qiziqishi va salohiyatiga mos kasb-hunarlarni egallashiga ko‘maklashish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik va uy mehnati orqali daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔴 Deputat mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ayollar bilan individual ishlash holatini ham ko‘zdan kechirdi. Ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash va oilalarining daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy choralar muhokama qilindi.
🔴 Joyiga chiqib o‘rganish davomida ayrim xotin-qizlarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi, tadbirkorlikni boshlash istagi va bandligini ta’minlash uchun mavjud imkoniyatlari tahlil qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
🔴 Deputat tomonidan xotin-qizlarni shunchaki band qilish emas, balki ularni barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish, kasbiy salohiyatini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
🔴 O‘rganish yakunida MFY “yettiligi” bilan hamkorlikda bandligi ta’minlanmagan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish hamda daromadli mehnat bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
✔️ Har bir xotin-qizning bandligi — oilaning daromadi, farovonligi va mahalla taraqqiyotining muhim omilidir. Shu bois bu yo‘nalishdagi ishlarni joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini topish borasidagi hamkorlik davom ettiriladi. 

Slide 1 of 3