#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ “Mohirlar” mahallasidagi Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi radar o‘rnatish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov tomonidan Yashnobod tumaniMohirlarar” mahallasidagi Murabbiylar ko‘chasida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish va tezlikni o‘lchovchi moslama — radar o‘rnatish masalasi yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i I. Idirov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📍 Deputatlik so‘roviga Yashnobod tumanidagi “TAShISTI”, “Mohirlar” va “Uchchinor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar asos bo‘lgan.
📉 O‘rganish jarayonida “Mohirlar” mahallasida yashovchi fuqarolar Murabbiylar ko‘chasida yo‘l-transport hodisalari ko‘p uchrayotganini bildirib, mazkur ko‘chada transport vositalarining tezligini nazorat qilish choralarini kuchaytirish zarurligini qayd etgan.
🔺 Shu munosabat bilan fuqarolar Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi moslama — radar o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqish, bu orqali haydovchilarning belgilangan tezlik talablariga rioya etishini ta’minlash hamda hududda harakatlanayotgan fuqarolar xavfsizligini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
🔎 Deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i I. Idirovdan “Mohirlar” MFY Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi moslama o‘rnatish masalasini tegishli tartibda o‘rganib chiqish so‘ralgan.
🚦 Deputatlik so‘rovida asosiy e’tibor hududda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, transport vositalari tezligi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda piyodalar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
📋 Shuningdek, o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi radar o‘rnatish muddati yuzasidan asoslantirilgan ma’lumotni 10 kun muddatda taqdim etish so‘ralgan.
🤝 “Mohirlar” mahallasidagi Murabbiylar ko‘chasida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va fuqarolar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratishga qaratilgan mazkur masala deputat Davronbek Ravshanbekov tomonidan nazoratga olindi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash