Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
102-DMTTda sog‘lom ovqatlantirish tartibi o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasidagi 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“AHIL” MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
219-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayoni o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumani "Umid" MFY hududidagi 219-maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
«Obod mahalla» loyihasi doirasida «Jiydali» mahallasida rejalashtirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘shtut mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi
BANDLIK VA DAROMADLAR — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI

Aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolar uchun daromad manbalarini yaratish va ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish hudud taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Har bir fuqaroning mehnat qilish imkoniyatidan samarali foydalanishi, kasb-hunar egallashi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi oilalar farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Yangiobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida bo‘lim tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Bandlik yo‘nalishida yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz fuqarolarni mehnat bozoriga qaytarish, kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ehtiyojmand oilalarni manzilli aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, har bir oila uchun mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib daromad manbalarini shakllantirish hamda ko‘rsatilayotgan ko‘makning natijadorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini tahlil qilish, belgilangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish, mahallalarda bandlik va daromadlarni oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Bo‘lim mas’ullari bilan muloqot davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ishsiz va daromadi yetarli bo‘lmagan oilalarga manzilli yondashish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda har bir amalga oshirilgan choraning amaliy natijasini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Yakunda aholi bandligini oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3