Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi
Termiz shahrida deputatlik nazorati va biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini tizimli tahlil qilish, qonun hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini o‘rganish, aholi murojaatlarini tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Termiz shahar Xalq qabulxonasida bo‘lib, bo‘limning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida bo‘limning asosiy vazifalari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali munosabat bildirish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda kelgusidagi vazifalarni belgilash yuzasidan fikr almashildi.

Faoliyatni muntazam tahlil qilib borish orqali mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish va natijadorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat va biriktirilgan tashkilotning uzviy hamkorligi — fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni ijobiy hal etish va hududdagi muammolarga amaliy yechim topishning muhim omilidir.