Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
"Baynalminal" mahallasida deputat qabuli o‘tkazildi

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlariga joyida yechim topish hamda saylovchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi deputatlik faoliyati izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar okrug hududidagi “Baynalminal” mahallasida bo‘lib, fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdilar.
muloqot davomida fuqarolar tomonidan asosan quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi:

• Yer munosabatlari: Yer uchastkalaridan foydalanish tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish va yer qonunchiligiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar;

• Aholi bandligi: Fuqarolarni mutaxassisligi bo‘yicha doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda daromad manbaiga ega qilish masalalari.

Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarga amaldagi yer qonunchiligi hamda mehnat munosabatlari mezonlari asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

X.Xolmuminov: "Har bir fuqaroning murojaati ortida uning kundalik hayoti, oilasi taqdiri va huquqlari yotadi. Ayniqsa, bandlik va yer munosabatlari masalasida qonuniy va adolatli yondashuv juda muhim. Saylovchilarimiz ishonchini oqlash va murojaatlariga ijobiy yechim topish uchun barcha choralarni ko‘ramiz," — deya ta'kidladi deputat.

Slide 1 of 1