Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
130-sonli DMTTning Oshxona foaliyati o‘rganildi
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Oylik_ish_reja_ijrosi
👥 Ijtimoiy xodimning faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-“Katta hayot–Do‘stlik” saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi asosida “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xodimi M. Turdiyevaning faoliyati o‘rganildi.

📌 O‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan va turli sabablar bilan ko‘makka ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni aholiga manzilli yetkazish, fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash, ularni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda zarur yordam va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash borasidagi faoliyat o‘rganildi.

🏘 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar va yordam choralarini belgilash, shuningdek, oilalarning ijtimoiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

📋 Bundan tashqari, ijtimoiy xodimning mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda boshqa mas’ullar bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlari, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish borasidagi amaliy faoliyatiga baho berildi.

🔹 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4