Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
130-sonli DMTTning Oshxona foaliyati o‘rganildi
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Ish_reja_ijrosi
👥 Mahalla faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-“Katta hayot–Do‘stlik” saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi asosida “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi D. Eshmurodovning faoliyati o‘rganildi.

📌 O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni hal etish borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

🏘 Hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, jamoat tartibini ta’minlash, fuqarolar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar yuzasidan ham tegishli o‘rganishlar olib borildi.

🤝 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mahalla raisiga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

📣 Deputatlik nazoratining bunday shakli mahallalarda aholining muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududni yanada obod va farovon qilishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3