Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
#ijtimoiy soha #nazorat tadbiri #24_ta_tavsiya

Deputat o‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalarining mavjud holati, isitish tizimi va o‘quvchi-yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayoni, cholg‘u asboblari va zarur o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv davomida pedagogik jamoa va o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning takliflari, sohadagi mavjud muammolar hamda yoshlarning iqtidorini har tomonlama rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. O‘rganishlar davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatning muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritildi hamda mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
"O‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va estetik ruhda tarbiyalashda musiqa hamda san’at maktablarining o‘rni beqiyosdir. Biz ushbu muassasalarda farzandlarimiz uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish va ta’lim sifatini oshirishni doimiy e’tiborda tutamiz," — deb ta’kidladi Muhiddin Abdullayev.

Deputat nazorati tadbirlari shahrimizdagi barcha ta’lim va madaniyat maskanlarida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5