Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
#qonun ijrosi #o'rganish #ijro nazorati

Xalq deputatlari shahar Kengashining 1-okrug deputati Faxriddin Matasimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi "Veterinariya to‘g‘risida"gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash hamda hududdagi epizootik barqarorlikni ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida tashkil etildi. O'rganish davomida ma’muriy hududdagi mahallalarda chorva mollari salomatligi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlar tahlil qilindi:
🔹Mahallalarda chorva hayvonlarini reja asosida davriy veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish hamda epizootik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish tizimi.
🔹Yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash tadbirlarining belgilangan muddatlarda, sifatli va qamrovli amalga oshirilayotgani.
🔹Hududda hayvonlar o‘rtasida o‘tkir yuqumli va epizootik kasalliklar o‘choqlari paydo bo‘lishining oldini olish va profilaktik nazorat holati.
🔹Veterinariya mutaxassislari tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davolash-profilaktika xizmatlarining tezkorligi hamda samaradorligi.
🔹Chorva hayvonlarini ro‘yxatga olish hamda yagona elektron bazaga kiritish (identifikatsiya) ishlarining borishi.
🔹Hayvonlarni saqlash, oziqlantirish hamda dehqon bozorlari va savdo shoxobchalarida go‘sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarini sotishda belgilangan sanitariya me’yorlariga rioya etilishi.
🔹Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida hayvonlar kasalliklarining oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari.

Deputat Faxriddin Matasimov o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli soha mutasaddilari bilan muhokama qilib, veterinariya xizmati sifatini yanada oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalarni berib o‘tdi. Qonun ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 8