Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
#24_ta_tavsiya #deputat nazorati

Olmaliq shahar "Tinchlik" mahalla hududida joylashgan 12-sonli umumta'lim maktabida mahalla va ta'lim muassasasi infratuzilmasini yaxshilash borasida amaliy ishlar davom etmoqda.
Kuni kecha shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev tomonidan ilgari surilgan deputatlik soʻrovi ijrosi yuzasidan oʻrganish olib borildi. Soʻrov asosida maktab hududidagi nosoz oqova suv (kanalizatsiya) quvurlari toʻliq yangilanib, ta'mirlash va montaj ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Muammolarga yechim: amaliy qadamlar va rejalar
Oʻrganish jarayonida deputat tomonidan hududning yana bir muhim muammosiga e'tibor qaratildi. Maktab va aholi xonadonlari oraligʻidan oʻtgan ichimlik suv quvurlari yillar davomida eskirib, ta'mirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi.
Ushbu masalani tezkor va samarali hal etish maqsadida:
Shahar Suv ta'minoti korxonasiga rasmiy deputatlik murojaati yuborilishi belgilandi;
Muammoni bartaraf etishga homiylik mablagʻlarini jalb qilish va texnik ishlarni birgalikda tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasi tuzildi;
Mazkur masala deputatning "Koʻchama-koʻcha aylanish jurnali"ga kiritilib, toʻliq ijro nazoratiga olindi.

Aholi turmush farovonligini oshirish va ta'lim maskanlarida munosib sharoit yaratish yoʻlidagi amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5