Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
#Yoshlar_maslahat_guruhi #Oqarbuloq #Soglom_turmush_tarzi #5000_qadam #Oltinsoy

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Normurodov Jahongir O‘rol o‘g‘lining tashabbusi bilan mahalla hududida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan amaliy sport tadbiri tashkil etildi.
Ommaviy sport tadbirida mahalla nuroniylari, yoshlar hamda faol fuqarolar bir tanu bir jon bo‘lib ishtirok etishdi.

Tadbir davomida amalga oshirilgan ishlar:

·“5000 qadam” marafoni: Mahalla ko‘chalari va yo‘laklari bo‘ylab davlat bayroqlarini ko‘targan holda nuroniylar hamda yoshlar ishtirokida ommaviy piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.

·Ommaviy badantarbiya mashqlari: Marafondan so‘ng ta’lim muassasasi hovlisida barcha qatnashchilar uchun ertalabki badantarbiya mashqlari tashkil etildi.

·Madhiya va ma’naviy birlik: Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi jo‘rlikda kuylanib, vatanparvarlik va hamjihatlik ruhi namoyon etildi.

Ushbu ommaviy-sport tadbiri mahalla ahli, ayniqsa yoshlar va nuroniylar o‘rtasida salomatlikni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim amaliy qadam bo‘ldi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 9