Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
USTOZ VA MURABBIYLAR — E’ZOZ VA EHTIROMDA
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA TURIZM KO‘CHALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI VA XOTIN-QIZLAR MASALALARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
102-DMTTda sog‘lom ovqatlantirish tartibi o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasidagi 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“AHIL” MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman Kengashi huzuridagi ekspert maslahat guruhi
rais o‘rinbosari, deputat B.Abduraximov, "Madad" NNT tuman vakili
X.Qodirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-son qarori ijrosi
doirasida Yuqori Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 46-son umumiy
o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari
o‘rganildi.
 

Mazkur loyiha “EFFEKT ELEGANT” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning doirasida
maktab uchun 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 821 million 273 ming so‘mni tashkil
etadi.
 

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarining
borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi
hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Jarayonni o‘rganish asnosida binoning ichki devorlarida sho‘rlanish holatlari,
eshik va romlarni o‘rnatishda ayrim kamchiliklar, shuningdek,
qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bir
qator nuqsonlar aniqlandi.
 

Aniqlangan kamchiliklar qurilish ishlari uchun mas’ul mutaxassislarga
ko‘rsatib o‘tildi hamda ularni bartaraf etish, ishlarni loyiha talablari va
amaldagi qurilish me’yorlariga muvofiq sifatli bajarish yuzasidan tegishli
tavsiyalar berildi.
 

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi va keyingi
ishlarning sifatli tashkil etilishi deputatlar tomonidan nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 6