35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Mahallaga biriktirilgan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq  O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi D.Ikromovaning faoliyati, yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yosh avlodni foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mahallada istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ishlash holati, ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, sport, madaniyat va ma’rifiy tadbirlarga jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ularni to‘garaklar, sport musobaqalari va turli ijtimoiy loyihalarga jalb etish, ayniqsa, bo‘sh vaqtini samarasiz o‘tkazayotgan yoshlar bilan manzilli ishlash zarurligi ta’kidlandi.

🔻O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisining yoshlar muammolarini aniqlash va ularni hal etishda mahalla faollari, ta’lim muassasalari, mutasaddi tashkilotlar hamda ota-onalar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

🔻Yoshlar bilan ishlashda har bir yoshning qiziqishi va ehtiyojidan kelib chiqish, ularni bir martalik tadbirlarga emas, balki doimiy ravishda foydali mashg‘ulotlarga jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1