35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Aholining ijtimoiy muammolari deputat e’tiborida

Aholining ijtimoiy muammolari deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Oybibi Artiqova Ko‘ktom mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Bekchanov Hayitboy bilan birgalikda fuqarolar holidan xabar oldi.
Xususan, Turon ko‘chasi 10-uyda yashovchi I guruh nogironi Sapaeva Saro xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi hamda mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi.
Uchrashuv davomida fuqaroning murojaatlari tinglanib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.