SAYLOV NATIJALARI TASDIQLANDI
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHINING 11-UMID SAYLOV OKRUGIGA YANGI DEPUTAT SAYLANDI
🇺🇿 Olmazor tumani Saylov komissiyasining 2026-yil 18-avgustdagi 26-sonli qarori bilan Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga 11-Umid saylov okrugidan bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga o‘tkazilgan saylov natijalari tasdiqlandi.
📌 Saylov yakunlariga ko‘ra, Muxiddinova Kamola Alisherovna Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati etib saylandi.
🏛 Partiyaviy mansubligi:
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi.
⚡️Deputatlikka saylangan Muxiddinova Kamola Alisherovnani ushbu mas’uliyatli vazifaga saylangani bilan muborakbod etamiz!
✨Yangi deputatga o‘z saylovchilari manfaatlarini munosib ifoda etish, hududdagi mavjud masalalarni hal etishda faol ishtirok etish hamda xalq bilan yaqindan hamkorlik qilish borasidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.
📆 Saylov — xalq irodasining amaliy ifodasidir!
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!