“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi holati o‘rganildi
#Paxtakor_tumani_kengashi #162_ta_qonun_ijrosi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Mirzayev tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni — O‘RQ-901-son, 2024-yil 1-fevralda qabul qilingan Qonun talablarining hududdagi ijrosi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida umumta’lim maktablarida pedagoglarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, kasbiy faoliyatiga aralashuvlarning oldini olish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, shuningdek, o‘qituvchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari va faoliyat yuritishi uchun zarur imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, malakasini oshirishi, ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda qonunda belgilangan kafolatlarning amalda ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi.