Payshanba — Yoshlar kuni doirasida yoshlarning murojaatlarini tinglash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov tomonidan yoshlar qabuli o‘tkazilib, fuqarolardan birining murojaati o‘rganildi.
Murojaat yuzasidan tegishli tartibda amaliy yordam ko‘rsatilib, fuqaroning oliy ta’lim muassasasida tahsil olishi uchun 10 million so‘m miqdoridagi to‘lov-kontraktini to‘lashga ko‘maklashildi.
Yoshlarning ta’lim olishi va kelajagini qurishiga ko‘maklashish, ularning murojaatlarini amaliy hal etish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.