YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!
🎉 Mustaqillik — xalqimizning qat’iy irodasi, fidoyi ajdodlarimizning jasorati va matonati bilan qo‘lga kiritilgan, bugungi taraqqiyotimiz va kelajak avlodlarimiz uchun bebaho, muqaddas qadriyatdir.
🪅 Bugun istiqlolimiz sharofati bilan yangilanayotgan O‘zbekistonimizda inson qadri, huquq va manfaatlarini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
📘 Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi mustahkam huquqiy va strategik asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
🌿 Mustaqillik — bu tinch va farovon hayot, milliy qadriyatlarimiz, erkin va bunyodkor kelajak demakdir. Uni asrab-avaylash, Vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shish har birimizning sharafli burchimizdir.
🇺🇿 Aziz vatandoshlar!
🔵 Sizlarni eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
🔴 Yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Xonadonlaringizdan fayzu baraka, sog‘lik-salomatlik, mehr-oqibat va quvonch arimasin.
🟢 Mustaqilligimiz boqiy, osmonimiz musaffo, xalqimiz birdam va Vatanimiz obod bo‘lsin!
🇺🇿 Yangi O‘zbekiston — yagona Vatan, yagona xalq va yagona ezgu maqsad sari!
✍️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova