35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ONA SUTI BILAN OZIQLANTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA GO‘DAKLAR HAMDA KICHIK YOSHDAGI BOLALAR OZIQLANISHINI HIMOYA QILISH
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablari va ovqatlanish sharoitlari yuzasidan Deputatlik nazorati
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
“Gulzor” saylov okrugida sport inshootlari va bolalar maydonchasi o‘rganildi
янв.21
BOLALAR UCHUN YARATILGAN YASHIL HUDUD VA HAYVONOT BOG‘I O‘RGANILDI
янв.21
30-“CHUSTIY” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Olimpiya MFY hududida Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: “AHIL” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SHODIYONA MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Qoshtut MFYda aholi murojaatlari o‘rganildi
#24-tavsiya ijrosi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot Tadjimurodovich tomonidan 1-sonli maktabda kutubxona faoliyati o'rganildi.Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi bosh mutaxassisi Xurramov Laziz ham faol ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida kutubxonaning bugungi faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondining boyitilishi, elektron xizmatlar sifati hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, kitob fondini muntazam yangilab borish, kitobxonlar sonini oshirish va bolajonlarga kitob yetkazib berish xizmatlari sifatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar va takliflar berildi.

Mahalliy Kengash tomonidan ijtimoiy soha muassasalari faoliyatini deputatlik nazorati asosida o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda

Slide 1 of 4