Uch uyli mahallasida hudud obodonligi va sanitariya tozaligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Tuman Kengashi deputati G.Ergasheva Chiqindilar to‘g‘risidagi qonuni, (№362-II, 05.04.2002) hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2025 yil 648-son qaror ijrosi yuzasidan “Orif Nurli Kelajak” MCHJning “Toza hudud” xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Deputat Uch uyli mahallasida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, hududlarda sanitariya tozaligini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aholiga mahallada qulaylik yaratish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish va hududning tozaligini ta’minlash borasida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.