35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
янв.21
QONUN — MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA QULAY SHAROIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA TOM QISMLARI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
янв.21
“Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror agrar taraqqiyot: ustuvor vazifalar va istiqbollar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.

Parkent tumanida hududlarni obod qilish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.Ana shunday loyihalardan biri tumandagi “Qo‘shchinor” bog‘i hududida bunyod etilayotgan zamonaviy “Yoshlar markazi” hisoblanadi. Mazkur majmua atrofini obodonlashtirish, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratish, bolalar maydonchalari tashkil etish va yashil hududlarni kengaytirish kabi ishlarni ham qamrab olgan.Qurilish jarayonining borishi, obyektning belgilangan talablar asosida bunyod etilayotgani hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanish holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputat Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.Nazorat davomida loyiha mas’ullari, buyurtmachi tashkilot vakillari va qurilish ishlariga mas’ul ish boshqaruvchisi bilan muloqot qilinib, obyektning qurilish sur’atlari, ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi hamda texnik me’yorlar bajarilishi yuzasidan ma’lumotlar olindi.Qurilish maydonida olib borilayotgan ishlar bevosita joyida ko‘zdan kechirildi.Mas’ullar tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda “Yoshlar markazi” qurilishida 57 nafar ishchi-xodim faoliyat olib bormoqda. Obyektdagi ishlar tasdiqlangan reja asosida davom ettirilayotgani, qurilishni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlashga e’tibor qaratilayotgani bildirildi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan qurilish jarayonida amaldagi qurilish me’yorlari va standartlariga to‘liq rioya etish, ishlarni sifat talablariga muvofiq bajarish, obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish hamda moliyaviy mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Jamoatchilik nazoratining bunday shakllari hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatli bajarilishini ta’minlash,mavjud kamchiliklarning oldini olish va ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 4