Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 22-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M.Kazakov tomonidan Galatut mahallasida joylashgan 25-OSHP «Al-Beruniy» oilaviy shifokorlik punkti binosining rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Mazkur tibbiyot muassasasi PQ-393-sonli qaror asosida rekonstruksiya qilinadigan obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, mavjud 50 qatnovga mo‘ljallangan binoni 1-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirish ko‘zda tutilgan.
O‘rganish davomida rekonstruksiya jarayonining amaldagi holati, belgilangan ishlarning bajarilishi hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish, rekonstruksiya ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi.