Uchko‘prik tumani delegatsiyasi a’zolari Xitoyga amaliy tashrifi doirasida yirik kompaniyalar va ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha samarali muzokaralar o‘tkazmoqda.
“Hong Gang International” korxonasi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotda xitoylik investorlarning 60 million AQSH dollari miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyasi asosida litiyli akkumulatorlar ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Loyiha "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasi hududida 4 gektar maydonda joylashtirilib, yillik 1,4 million dona litiyli akkumulator ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
Korxonaga energiya tejamkor zamonaviy yashil texnologiyalar o‘rnatiladi. Loyiha doirasida yiliga 708 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi, eng muhimi - 300 nafar aholi doimiy ish bilan ta’minlanadi.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇