📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Xayrulla Pulatov tomonidan fuqarolar murojaatlari hamda hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga asosan «Beshbola» mahallasida jamoat xavfsizligini kuchaytirish masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
❗️Deputat so‘rovi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Yashnobod tumani bo‘limi hamda Yashnobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yo‘llanib, unda mahallada aholi gavjum hududlar, ijtimoiy ob’yektlar atrofi va qonunbuzilish holatlari kuzatiladigan joylarga zamonaviy Face ID videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, moliyalashtirish manbalarini belgilash va amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish taklif etildi.
✅Shuningdek, murojaatda mazkur masala yuzasidan ko‘rilgan choralar va qabul qilingan qarorlar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma axborot taqdim etish so‘ralgan.